13.05.2020 887

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasiga kiruvchi yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 13-martdagi 197-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talaba-yoshlari orasida on-layn tarzda “Kitobxon talaba” tanlovi tashkil qilindi.

Oʻtkazilgan ushbu tanlovda 100 ga yaqin talaba ishtirok etib, quyidagi talabalartanlov gʻoliblari deb topildi:

  • 1-oʻrin: Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari Raxmonov Otabek va Salimova Madina;
  • 2-oʻrin: Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Olimxujayeva Fotima va Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi Jamolov Fazliddin;
  • 3-oʻrin: Xalqaro huquq fakulteti talabasi Gʻiyosov Abu Tolib va Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi Ergashev Timur.

Talabalar universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.