02.05.2020 2883

2020 yil 1-may kuni universitetning onlayn konferensiya maydonchasida talabalar, magistrlar, doktorantlar va abituriyentlarning jamoat va siyosiy arbob, Qonunchilik palatasi deputati va “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Burxanov Akmal Eshondedevich bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Norasmiy va do'stona suhbat davomida A. Burxanov pandemiya sharoitida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyati, uzining kasbiy faoliyati va O'zbekiston Respublikasidagi NNTlarning faoliyati to'g'risida batafsil so'zlab berdi.

Tadbirning yakuniy qismi "savol-javoblar" shaklida bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar "O'zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi" mavzusiga hamda O'zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) kuzatuvchi sifatida kirishga katta qiziqish bildirdi.

Uchrashuv videosi