13.03.2020 1157

Joriy yilning 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov Komissiyasining matbuot markazida 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, viloyat, tuman va shahar mahalliy kengashlariga boʻlib oʻtgan saylov kampaniyasi davrida “Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusidagi maxsus seminarlarni tashkil etishda faol ishtirok etgan ekspert-trenerlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor L.Mingishov, Magistratura dekani muovini S.Ibadullayev, 2-kurs doktorant-Xalqaro muammolarning amaliy tahlili kafedrasi oʻqituvchisi I.Moʻminov, 2-kurs doktorant B.Izzatullayevlar Markaziy Saylov Komissiyasi Raisi M.Abdusalomov tomonidan faxriy yorliq va Markaziy Saylov Komissiyasi nishoni bilan taqdirlanishdi.