12.03.2020 1241

Joriy yilning 12-mart kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo-Ulug’bek tuman sudi navbatdagi sayyor sud majlisini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasining maxsus jihozlangan sud zalida o`tkazdi. Amaldagi sudyalar: Toʻraxodjayev Farrux va Abdugʻaniyev Sanjar raisligida bo`lib o`tgan sayyor sud majlisida “Xalqaro huquq” fakulteti professor-o`qituvchilari va 2-kurs talabalari qatnashdilar, jarayon OAV vakillari tomonidan yoritib borildi.

 Hukm o`qib eshittirilgach, sud raisi, prokuror va tergov organi xodimlari tomonidan ko`rilgan ish yuzasidan amalga oshirilgan barcha protsessual harakatlar va qarorlar batafsil tushuntirib berildi. Jarayon yakunida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.