24.02.2020 1511

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi 2008-yildan beri nemis tilini oʻrganayotgan Oʻzbekiston Respublikasi OTV talabalari uchun muntazam ravishda notiqlik sanʼati musobaqasi oʻtkazib kelmoqda. JIDU talabalaridan bir nechtasi ushbu musobaqaning gʻolibi boʻlishgan.

2020-yilning 20 – fevralida JIDU talabalari oʻrtasida ushbu tanlovning birinchi bosqichi boʻlib oʻtib, unda Universitetning 1 – 4 bosqich talabalari qatnashdilar. JIDU nemis tili oʻqituvchilari va  Germaniyalik mutaxassis Yohanna Mayerdan iborat jyuri talabalarning chiqishlarini xolisona baholadilar. Notiq talabalardan Sobirova Moxinur, Tuxtayev Sarvar, Turgunov Kamronbeklar oʻzlarining  alohida bilim va mahoratlari bilan ajralib turdilar. Notiqlik sanʼati tanlovining gʻolibi esa jyuri qaroriga koʻra  esa “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 4 – bosqich talabasi Saudkasova Esmira. Ushbu talaba 2020-yilning 16-mart kuni GFRning Toshkentdagi elchixonasida boʻlib oʻtadigan notiqlik sanʼatining Respublika tanlovi bosqichida Universitetimiz shanini himoya qiladi.