19.02.2020 1936

Qozog'iston milliy universiteti va YUNESKO tashabbusi bilan 2020 yil 13-15 fevral kunlari Butundunyo radio kuni va Abu Nasr al-Farobiyning 1150 yilligi munosabati bilan VII Xalqaro Qishki jurnalistika va kommunikatsiya maktabi bo'lib o'tdi. U "Radio hamma uchun platforma: g'oyalarni yaratishdan tortib to innovatsiyaga qadar" deb nomlandi. An'anaga ko'ra, Qishki maktabni o'tkazish joyi Olmaota yaqinidagi Ile-Alatau davlat milliy bog'ida joylashgan Tau-Turan majmuasi edi.

Xalqaro forumda jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, olimlar, o'qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar, jamoat tashkilotlari vakillari, O'rta Osiyo respublikalari, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, shuningdek xorijiy davlatlar - Turkiya, Afg'oniston va boshqa mamlakatlarning ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar. Ma'ruzachilar va spikerlar shuningdek, milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarining muxbirlari, veb-muharrirlari va onlayn-medianing muharrirlari qatnashdi.

Bu yilgi Qishki Jurnalistlar maktabida axborot faoliyatining uchta asosiy yo'nalishi ta'kidlandi: radiodagi fikrlarning xilma-xilligi, davlat, xususiy va jamoatchilik radioeshittirish studiyalari o'rtasidagi muvofiqlashtirilgan faoliyat; jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlarning radio tahririyatlarida ularning vakillik balansini hisobga olgan holda ishtirok etishini rag'batlantirish; auditoriya rang-barangligini aks ettiruvchi turli xil tahririy materiallar va dasturlarning turlari.

Qishki maktabning ochilishida, uning yalpi qismida, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondagi, YUNESKOning Olmaota Klaster byurosi vakili kommunikatsiya va axborotlashtirish bo'yicha mutaxassisi Sergey Karpov, Al-Farobiy nomidagi KazNU Jurnalistika fakulteti dekani Sagatbek Medeubek, Turkiyadagi Kazi Bayram Universiteti Jurnalistika fakulteti dekani Zokir Avshar, TOLOnews TV siyosiy sharhlovchisi, Afg'onistonlik Abu Muslim Shirzad, olimlar, qozog'istonlik dotsent Gulnar Asanbaeva, JIDU professori Fotima Mo'minova (taqdimoti bilan "Tizimli o'zgarishlar va interfaol o'zbek radioeshittirishi), Qirg'izistondan  dotsent Aita Sultanalieva, Nazarboyev universitetidan, ekspert Petr Lapo va boshq so'z bilan chiqdilar.

Uch kunlik forum jurnalistlar, radioboshlovchilar, onlayn intervyuerlar, media-kommunikatorlar, podkast ishtirokchilari va boshqa OAV mutaxassislarining qiziqarli, interfaol taqdimotlariga boy bo'ldi. Muloqot maydonchasi Internet xizmatlariga ulanish va chet eldagi radio jurnalistlari bilan aloqa orqali olib borildi. Bunda Zarina Buenbaeva, Muhamadali Buxarbaev, Nazira Kaimova va boshqalar faol ishtirok etishdi. Xuddi shu tadbirda 2019 yilda vafot etgan afg'on jangchisi Erjan Sultonboevning kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. To'plamga uning jurnalistik asarlari, maqolalari, habarlari, ocherklari kiritilgan. Jangchi xotirasiga bag'ishlangan, jurnalistikadagi jasorat uchun ramziy ravishda haykalcha yaratilgan bo'lib, u o'z ishlarida eng yaxshi ishtirok etgan, eng ijodkor yosh jurnalistlarga, shu jumladan Qoraqalpog'istonlik talaba-dizayner Z. Ketibaevga topshirildi.

Kechki unumli dam olish maqsadida madaniy va sport tadbirlari, og'ir atletika musobaqalari, musiqa-adabiyotshunoslar uchun she'rlar tanlovi, kontsert dasturlari, xalq cholg'ularidagi qo'shiqlar va musiqa tashkil etildi. Abay nomidagi iqtidorli bolalar Respublika maktab-internatining yuqori sinf o'quvchilari qozoq tarixini mukammal bilishlari, milliy madaniyat, fan va adabiyotning yorqin shaxslariga bag'ishlangan she'rlar ijro etishlari barchani quvontirdi.  Al-Forobiy, Abay, Alisher Navoiy va Amir Temur, Chingiz Aytmatov va Tleubergen Jumamuratov - bularning barchasi o'quvchilar va she'riyat ixlosmandlarining chiqishlarida bir necha bor tilga olingan. Tau-Turondagi Qishki maktab qatnashchilarga faxriy yorliqlar, sertifikatlar va diplomlarni topshirish bilan yakunlandi.

Fotima Mo'minova,
JIDU professori