28.01.2020 6723

2020-yil 27-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida I.Karimov tavallud kunini nishonlash haftaligi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu haftalik ochilish marosimida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ham qatnashdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning mustaqillikka erishishdagi ulkan tarixiy xizmatlari, davlatni qurish va uni mahorat bilan boshqarishdagi yuksak salohiyati hususida soʻz bordi.

Tadbir ishtirokchilari oʻz maʼruzalarida mustaqil Oʻzbekiston davlatining asosichisi, oʻzbek xalqining ulugʻ farzandi I.Karimovning serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari, donishmand davlat rahbari sifatida Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas iz qoldirganini, nafaqat Oʻzbekistonni, balki, butun mintaqani xavfsiz xududga aylantirish, odamlarning tinch va osuda hayot kechirishi uchun ulkan jasorat koʻrsatayotgan kuchli siyosatchi boʻlganini taʼkidladilar.