27.01.2020 5476

Ushbu yuksak tadbirni Universitetning professor-oʻqituvchlari, doktorantlari onlayn tarzda katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. 

Mazkur tadbirda 2020-yil – Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb eʼlon qilindi. Joriy yilniing bunday nomlanishiga sabab mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlangan ishlarni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʻtarish ekanligi aytib oʻtildi.

Shu bilan birga, davlat rahbari tomonidan ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur va shart ekanligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar korrupsiya illatini yoʻqotishda ham samarali vosita ekanligi eslatib oʻtildi.

Bundan tashqari Prezident turli sohalarni jadal rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalarga toʻxtalib oʻtib, oldinda bizni ulkan vazifalar, katta imkoniyatlar kutayotganligini yana bir bor taʼkidladi. Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning parlamentga navbatdagi Murojaatnomasi yakunlandi.