24.01.2020 1948

2020-yil 14-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Innovatsion salohiyat mamlakatning xalqaro investitsion faolligini rivojlantirish omili sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi.

Ushbu konferensiyani oʻtkazishdan maqsad – Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olib xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash, xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan holda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Konferensiyada ishtirok etish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralar, xorijiy va mahaliy oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining vakillari taklif etiladi.

Konferensiya quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

  • 1-yoʻnalish. Innovatsion iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;
  • 2-yoʻnalish. Zamonaviy taʼlim tizimiga investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari;
  • 3-yoʻnalish. “Yashil iqtisodiyot”ning rivojlanish istiqbollari: global va mintaqaviy jihatlar;
  • 4-yoʻnalish. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda xalqaro moliya institutlari va mintaqaviy tashkilotlarning roli.

Ilmiy tezislarni qabul qilish uchun talablar:

Konferensiyada ishtirok etish uchun tezisning elektron nusxasi (alohida faylda) tashkiliy qoʻmitaga 2020-yil 20-fevralgacha yuborilishi kerak: nmalikov@uwed.uz

Ilmiy tezislar oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida, koʻpi bilan 4 varaqdan iborat boʻlishi kerak.

Tezislar ilmiy izlanishlar jarayonida olingan natijalarni quyidagi tartibda rasmiylashtirilishi kerak:

  • ilmiy va amaliy natijalarga ega boʻlgan tezislar, muammolar va takliflar qisqa va aniq tartibda rasmiylashtiriladi;
  • ilmiy natijalarni oʻz ichiga olgan tezislar erishilgan ilmiy natijalarning xulosasi bilan rasmiylashtiriladi;
  • tavsiyaviy xarakterga ega takliflar muayyan muammoni hal qilishga qaratilgan tavsifidan iborat boʻladi;
  • grammatik xatolarga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tezislar tahrir qilinishi va dizayn uchun barcha texnik talablarga javob berishi kerak, xususan:

  • matn muharriri – MS Word 2003, 2007, 2010;
  • sahifa sozlamalari - A4 formatli kitob shakli, har tomondan 20 mm chegaralangan;
  • shrift - Times New Roman, hajmi (oʻchovi) - 14;
  • qatorlar oraligʻi va paragraflar orasidagi masofa - 1,5;
  • oʻng tomonning yuqori burchagida - familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy nomi, muallifning lavozimi, tashkilot nomi, elektron pochta manzili, telefon raqami; oʻrtada - tezisning nomi (katta harflar bilan);
  • barcha jadvallar, diagrammalar va raqamlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida tayyorlanadi va ularning nomi diagrammalar va raqamlarning ostida va jadvalning tepasida joylashgan;
  • jadvallar, rasmlar va grafikalarda manbalar boʻlishi kerak (havolalar - har bir sahifaning oxirida keltiriladi);
  • havolalar - har bir sahifaning oxirida (har bir sahifada havolalar raqamlanishi yangidan boshlanadi);
  • foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati alifbo tartibida tuziladi.

Taqdim etilgan tezislar yuqoridagi talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ijobiy baholangan tezislar toʻplamga kiritiladi.

Maʼlumot uchun: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54, (P/I: 100192). Telefon: (+998) 71 267-08-51, mob: (+998) 90 989-65-44, e-mail: nmalikov@uwed.uz

Roʻyxatdan oʻtish narxi - 40 000 soʻm.

Toʻlov maqolani elektron koʻrinishda konferensiya materiallarida eʼlon qilishni oʻz ichiga oladi.

Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini toʻlash 2020-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi!

Shuningdek, muallif konferensiya maqolaar toʻplami uchun buyurtma berishi mumkin: Toʻplamning bosma nusxasi - 60 000 soʻm.

Toʻlov uchun maʼlumotlar: 8600 3329 7559 9410