18.01.2020 1948

2019 yil 7 dekabr kuni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor G. Ismailova rahbarligida Universitet kafedra mudirlari bilan “2020 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyati rejasi” muhokama qilindi.

Mazkur yig'ilishda Universitetning 2020 yildagi ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyati bo'yicha ustuvor vazifalar, jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, yosh olimlar faoliyati samaradorligini hamda Universitet ilmiy salohiyatini oshirish, doktorantlarning o'z vaqtida himoyaga chiqishi, kafedralar va markazlar faoliayati, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalar rejasi loyihasi, ilmiy grantlar samaradorligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliaytga jalb qilish kabi masalalarga alohida ahamiyat qaratildi.

Majlis ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar asosida “2020 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyati rejasi”ga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi hamda Universitet Ilmiy kengashiga taqdim etildi.

Berilgan takliflar ichida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri U.Xasanovning Al-Xorazmiy faoliyatining xalqaro munosabatlar sohasida tutgan o'rnini ochib berish maqsadida Universitetning “Xalqaro munosabatlar” jurnalida maqola chop etish to'g'risidagi fikrlari alohida etiborga molik. Professor tomonidan Al-Xorazmiy kashfiyotlarining nafaqat ilm-fan ravnaqiga, balki Xalqaro munosabatlar sohasi taraqqiyotiga ham munosib hissa qo'shishi alohida ta’kidlandi.