Yangilik va hodisalar

Ma’naviy yetuklik - taraqqiyot poydevori

Joriy yilning 15-fevral kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining оliy taʼlim muassasalari talabalarining teatrlar, muzey va muzey-qoʼriqxonalar hamda kinoteatrlarga jamoaviy borishini tashkillashtirish bayoni yuzasidan JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Muqimiy nomidagi O`zbekiston Davlat musiqiy teatriga bordilar.

O`zbekiston tarixi Davlat muzeyiga tashrif

Joriy yilning 13-fevral kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining oliy taʼlim muassasalari talabalarining teatrlar, muzey va muzey-qo`riqxonalar hamda kinoteatrlarga jamoaviy borishini tashkillashtirish bayoni yuzasidan JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari “O`zbekiston tarixi Davlat muzeyi”da bo`lishdi.

Malayziya hamkorlari bilan oʻzbek diplomatiyasining aloqalari kengaymoqda

2021-yil 18-fevral kuni Kuala-Lumpurdagi Oʻzbekiston elchixonasi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon itisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori Komiljon Karimov hamda Malayziya Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar va diplomatiya instituti bosh direktori (DXMI) Moxd Zamrun Xalid oʻrtasida videokonferensiya tashkil qilindi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Biz, yoshlar – korrupsiyasiz kelajak tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O'zbekiston "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mirzo Ulug'bek tumani Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Biz, yoshlar – korrupsiyasiz kelajak tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.