01.02.2022 809

Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat, magistratura, doktorantura va tibbiyot yoʻnalishlarida 2022-2023 oʻquv yili uchun davlat granti dasturi taʼsis etilganligi maʼlum qilingan.

Mazkur grant dasturida ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar videokonferens aloqa tizimi orqali Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi suxbatidan oʻtadilar.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning mavjudligi;
  • chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatning borligi;
  • TIV yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etiladigan tavsifnoma hamda ruxsatnoma;
  • Koronavirus (COVID-19)ga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikat va salomatlik holati boʻyicha maʼlumotnoma (OITS, Gepatit B,S).

Oʻqish bilan bogʻliq boʻlgan barcha qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin https://aida.mfa.gov.az./en/education/221