01.02.2022 2532

Turkiya Hukumati tomonidan 2022-yil uchun “Turkiya grantlari” Xalqaro talabalar va ilmiy tadqiqotchilarga Turkiya oliy taʼlim muassasalarida grant asosida tahsil olish va ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grantlar dasturi eʼlon qilingan.

Ushbu grantlar dasturi bakalavriat, magistratura, doktorantura taʼlim bosqichlari va ilmiy tadqiqot olib borish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular universitetga joylashtirish, 1 yillik turk tili kursi, tibbiy sug‘urta, bir martalik aviachipta, stipendiya, o‘qish uchun to‘lov, madaniy va ilmiy dasturlar, yotoqxona bilan taʼminlash kabilarni o‘z ichiga oladi.

“Turkiya grantlari” dasturiga onlayn tarzda quyidagi veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: www.turkiyeburslari.gov.tr

Mazkur tanlovning yosh jixatdan cheklovlari veb-saytda keltirilgan.

Xujjat topshirish muddatlari “Turkiya grantlari” dasturining veb-saytidagi “Application calendar” sahifasida maʼlum qilingan.