09.12.2021 3433

Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi 2021-22-yil uchun Markaziy Osiyo universitetlari hamkorlik grantlari dasturi (UniCEN) doirasida “Hamkorlikda onlayn xalqaro taʼlim” (Collaborative Online International Learning) (COIL) taʼlim dasturiga OTMlardan arizalar qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilmoqda. AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladigan va Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari tomonidan amalga oshiriladigan UniCEN dasturi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari oʻrasida barqaror aloqalarni oʻrnatish va hamkorlik imkoniyatlarini mustahkamlashga qaratilgan platformadir.

COIL trening dasturi 2022-yil 10-yanvardan 4-fevralgacha AQSH va Markaziy Osiyo oliy taʼlim muassasalaridan saralab olingan bir gurux oʻqituvchilariga COIL modelidan foydalangan holda virtual almashinuv kurslarini loyihalashtirish va amalga oshirishni oʻrganish uchun taqdim etiladigan toʻrt xaftalik onlayn oʻquv dasturidir. Loyixa ishterokchilari 2022-yil fevral-may oylari davomida COIL kurslarini oʻzi faoliyat yuritayotgan bilim yurtida amalga oshirish uchun yoʻl-yoʻriq oladilar.

Oʻquv dasturi toʻliq ingliz tilida boʻlib virtual taʼlim almashinuvlarni xamkorlikda loyihalashtirish va amalga oshirishga qiziqqan AQSH va Markaziy Osiyo universitetlarining oʻqituvchilarini ishtirok uchun taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi fakultet professor-oʻqituvchilariga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (UN SDGs) masalalarini birgalikda hal qiluvchi mavzular boʻyicha koʻp tarmoqli kurslarni ishlab chiqish tavsiya etiladi: toza suv va sanitariya; arzon va toza energiya; munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish; masʼuliyatli isteʼmol va ishlab chiqarish va iqlim harakati.

COIL dasturi virtual almashinuvlar boʻyicha yetakchi mutaxassis Doktor Andrea Tomas (Andrea Thomas) tomonidan olib boriladi va dastur davomida amaliy va nazariy koʻmak beriladi.

COIL trening dasturi ishtirokchilari ragʻbat va qushimcha motivatsiya sifatida 500$ (soliqlar toʻlanmasidan oldin) bir martalik stipendiya oladilar.

Dasturda ishirok etmoqchi boʻlgan, ayniqsa virtual taʼlim almashinuvga qiziqadigan va yuqorida tavsiflangan BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari mavzulari doirasida ishlashga qiziquvchi OTM professor-oʻqituvchilari quyidagi elektron havola orqali ruyxatdan oʻtib ariza topshirishlari mumkin: https://airtable.com/shryzfk5O4oeK1Kcz

Ariza berish muddati: 15-dekabr 2021y.

Bogʻlanish uchun shaxs: Zuxriddin Nasirov znasirov@americancouncils.org