18.02.2021 231

Latviya Fan va taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlimni rivojlantirish boʻyicha Davlat agentligining maʼlumotiga koʻra, Latviya hukumati tomonidan 2021-2022 oʻquv yilida mazkur davlat universitetlarida tahsil olish uchun stipendiya va grantlar ajratilishi koʻzda tutilgan.

Mazkur stipendiya va grantlar respublika oliy taʼlim muassasalari ilmiy xodimlari, oʻqituvchi va talabalari uchun ham moʻljallangan. Nomzodlar muayyan talablar asosida tanlab olinadi.

Xujjatlarga ularning ingliz yoki latish tillaridagi notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.

2021/2022 oʻquv yili uchun Latviya tomonidan stipendiyalar olish tartibi hamda “Yozgi maktablar” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ishtirok etish shartlari va barcha zarur xujjatlar roʻyxati bilan Agentlikning quyidagi veb-sahifalari orqali tanishish mumkin: http://www.viaa.gov.lv va http://www.viaa.gov.lv./scholarships.

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar arizalarni 2021-yil 1-aprelga qadar on-line tarzda taqdim etishlari kerak.

Mazkur stipendiya tanlovi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Agentlikning xalqaro hamkorlik dasturlari boʻyicha katta mutaxassisi Marika Pira bilan quyidagi elektron pochta orqali bogʻlanish mumkin: scholarships@viaa.gov.lv.