22.05.2020 145

Yoʻnalish: Pedagogika fanlari nomzodi yoki doktori

Qabul muddati: 2020-yil 1-iyungacha;

Oʻqish shakli: masofaviy, Nagoya universitetiga muntazam tashrif buyurish orqali

Oʻqish tili: ingliz yoki yapon tili

Talablar: Davlat tashkilotlari xodimlari, oʻqituvchilar, taʼlim sohasini isloh qilish va boshqarish bilan bogʻliq muassasalar rahbarlari va xodimlari


  1. Hujjatlarni qabul qilish: 18-maydan - 1-iyunga qadar
  2. Birinchi bosqich natijalari ni eʼlon qilish: 2020-yil 17-iyun
  3. Suhbat: 22-iyundan - 30-iyungacha boʻlgan muddat oraligʻida
  4. Muvaffaqiyatli nomzodlarni eʼlon qilish: 2020-yil 20-iyul
  5. Oʻqishning boshlanishi: 2020-yil 1-oktyabr

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (belgilangan shaklda)
  2. Magistrlik darajasini tasdiqlovchi universitet tomonidan berilgan diplom yoki sertifikat
  3. Magistrlik diplomi va uning ilovasini notarial tasdiqlangan nusʼhasi (ingliz tilidagi tarjimasi bilan)
  4. Ish faoliyati toʻgʻrisida. Taʼlim sohasi bilan bogʻliq hozirgi va oldingi ish faoliyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot, ushbu dasturning uning kelajakdagi faoliyatiga taʼsiri va beradigan imkoniyatlari. Nomzodning egallab turgan lavozimi va faoliyatining taʼlim/pedagogika sohasini rivojlantirishdagi oʻrni toʻgʻrisida batafsil yozish tavsiya etiladi (matn ingliz tilida boʻlsa 1600 soʻz, yapon tilida 4000 simvol atrofida boʻlishi kerak).
  5. Rejalashtirilgan tadqiqot mavzusi (matn ingliz tilida boʻlsa 1600 soʻz, yapon tilida 4000 simvol atrofida boʻlishi kerak).
  6. Ilmiy ishlar roʻyhati (kitoblar, maqollalar, konferensiya va seminarlardagi prezentatsiyalar (ingliz va yapon tillarida)
  7. Magistrlik yoki unga ekvivalent boʻlgan ilmiy ish va uning ingliz/yapon tilidagi annotatsiyasi. Agar ish boshqa tilda yozilgan boʻlsa uning ingliz/yapon tilidagi annotatsiyasini ilova kiling.
  8. Pasport nusxasi (rasmi bilan)
  9. Nomzod ish faoliyati koʻrsatayotgan tashkilot yoki boʻlinma boshligʻi tomonidan tavsiyanoma (ish staji koʻrsatilgan va imzo hamda muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak)

* 1 Nomzod qoʻshimcha ravishda tadqiqoti bilan bogʻliq ilmiy nashrlari va akademik hamda professional faoliyatiga doir materiallarni ilova qilishi mumkin

- Ingliz yoki yapon tillari boʻyicha bilimini tasdiqlovchi sertifikatlarni ilova qilishi mumkin (masalan, TOEFL, TOEIC, IELTS, JLPT).

* 2 Zarur boʻlganda, qabul kommisiyasi tomonidan nomzoddan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin


Batafsil maʼlumotolish uchun: elmurodov@nagoya-university.uz yoki asci@educa.nagoya-u.ac.jp

Hujjatlarni yuborish: asci@educa.nagoya-u.ac.jp (zip fayl shaklida) (*Tavsiyanomalar ham taqdim etuvchi tomoindan mana shu elektron manzilga yuborilishi kerak)

Maʼlumot uchun telefonlar: Tel: (71) 2389405/06/07, Fax: (71) 2389405

Kerakli hujjatlarni yuklab olish uchun: http://www.educa.nagoya-u.ac.jp/en/info/asci/index.html