14.05.2020 2363

Dunyoning turli davlatlarida davom etayotgan virusli pandemiya sababli Malayziya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTSR) doirasida tashkil etilayotgan qisqa muddatli oʻquv kurslari joriy yilning ikkinchi yarmiga koʻchirildi.

Oʻquv kurslarining boshqa shartlari oʻzgarmadi, yaʼni oʻquv dasturi ingliz tilida boʻlib oʻtadi va oʻquv dasturi bilan bogʻliq boʻlgan barcha sarf-xarajatlar, yaʼni aviachiptalar, yashash xarajatlari va ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar Malayziya tomonidan toʻliq koplanadi.

Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTSR) boʻyicha batafsil maʼlumot hamda anketa formalarini quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: https://mtcpcoms.kln.gov.my/mtcpcoms/online/list_course

Ilova