10.03.2021 494

2021-yil 10-mart kuni soat 09.30 da Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Majlislar zalida (SOK) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishining tashkiliy-huquqiy masalalari: holati, muammolari va istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi. Konferensiya ishida tegishli vazirlik va OTM vakillari, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Barcha qiziquvchilarni mazkur anjumanga taklif etamiz.