11.11.2021 216

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha 20-noyabrgacha fakultetlar bosqichi va 25-noyabrgacha universitet bosqichi o‘tkaziladi:

a) “Yilning eng faol bilimdon talabasi” (o‘z mutaxassisligi bo‘yicha), bunda talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

b) “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

c) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

d) “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqiyosidagi o‘tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

e) “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning joriy yilda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yaratgan ta’lim olishga talaba-yoshlarni targ‘ib qiluvchi ishlanmalari va oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni  yoritishda faollik darajasi  hamda ushbu sohada erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi; 

f) “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning o‘zi tanlagan mutaxassisligi yo‘nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va joriy yilda erishgan natijalari  ko‘rib chiqiladi;

g) “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari  hamda yoshlarni ish bilan  ta’minlaganlik darajasi ko‘rib chiqiladi.