Qadrli talabalar!
13.09.2021 3813
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” oyligi doirasida “Tasavvurimda jonajon O‘zbekiston” mavzusida tanlov e’lon qiladi.
Tanlov 3 yo'nalishda tashkil etiladi:
- Mustaqillikning 30 yilligiga bag'ishlangan “Tasavvurimda jonajon O‘zbekiston” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi;
- Mustaqillikning 30 yilligiga bag'ishlangan “Tasavvurimda jonajon O‘zbekiston” mavzusida “Eng yaxshi insho” nominatsiyasi;
- Mustaqillikning 30 yilligiga bag'ishlangan “Tasavvurimda jonajon O‘zbekiston” mavzusida “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi;
Tanlov uchun materiallar joriy yil 18-sentabriga qadar fakultet dekanatlari tomonidan qabul qilinadi. Har bir nominatsiya bo‘yicha fakultet miqyosida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan materiallar tanlovning universitet bosqichida ishtirok etadi.
Tanlov g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.