24.05.2021 523

Italiyaning Tusha Universiteti 2021-2022 oʻquv yili uchun 40 ta xorijiy talabaga magistratura yoʻnalishiga stipendiya ajratgan. Ushbu magistratura yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

  • LM-76 Circular economy;
  • LM-73 Forestry and Environmental sciences;
  • LM-90 Security and Human rights.

Tusha universiteti stipendiyalari 1 yilga 4860 Yevro miqdorida ajratilib, universitetda oʻqish toʻlovi (1000 Yevrogacha), talabalar turar joyida yashash xarajatlari (agar mavjud boʻlmasa hususiy yashash joylariga joylashtirish xarajatlari), talabalar oshxonasida yoki Viterboning yordamchi restoranlarida bir martalik ovqatlanish xarajatlari, viza olish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari stipendiyaga xalqaro aviachipta va boshqa rasmiy jarayonlar uchun xarajatlar (maksimum 500 Yevrogacha) kiradi.

Magistrlik dasturlari roʻyxati va toʻliq maʼlumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin: http://unitusorienta.unitus.it/en/homepage/

Stipendiyalar bilan bogʻliq batafsil maʼlumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin: https://www.unitus.it/en/unitus/international2/articolo/get-to-know-unitus

Onlayn ariza topshirishning yakuniy muddati: 2021-yil 31-may.

Ariza topshirgan studentlardan bu xaqda JIDU Magistratura boʻlimi boshligʻi O.M.Nayimovga xabar berilishni soʻraladi.