20.05.2021 352

2021-yilning 24-may kuni Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi amaliy yordami bilan Germaniyaning Bilefeld Universiteti s.f.d. Aziz Elmurodovning JIDU talabalari va professor-oʻqituvchilar tarkibi uchun “Rossiya-Yevropa munosabatlari: tarix, madaniyat va siyosat” mavzusida onlayn maʼruzasi tashkil etiladi.

Oʻzbek tilidagi mazkur muloqotda A.Elmurodov Rossiya va Yevropa mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning zamonaviy bosqichidagi oʻziga xos jihatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, Aziz Elmurodov ishtirokchilar bilan Germaniyada oʻqish tajribasini ham boʻlishadi.

Maʼlumot uchun: Aziz Elmuradov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishini bitirgan. U Rossiya tashqi siyosati boʻyicha malakali mutaxassislarlardan boʻlib, “Russia and the EU in the New World Disorder - Revisiting sovereignty and balance of power in the study of Russian foreign policy” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan.

Maʼruza 2021-yilning 24-may kuni soat 16:00da (Toshkent vaqti bilan) onlayn tarzda “Zoom” platformasida tashkil qilinadi.

Ulanish uchun havola:

https://zoom.us/j/96654084622?pwd=TmhvZTlwZHN0TFZvcmFvNncwY0NUQT09

Meeting ID: 966 5408 4622

Ulanish kodi: 204965