19.05.2021 1119

Aziz JIDU talabalari va bitiruvchilar, barchangizni 2021-yilning 21-may kuni tashkil etiladigan "Boʻsh ish oʻrinlari" yarmarkasiga taklif etamiz. Unda 200 dan ortiq ish beruvchilar yoshlar uchun oʻz ish oʻrinlari va stajirovkalarini taqdim etishadi.

Yarmarkada Sizni:

  • Vazirliklar va yetakchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv
  • Boʻsh ish oʻrinlari va mahorat oshirish dasturlari
  • Rezyume tuzish va uni tahrirlash, suhbatga tayyorlanish boʻyicha tavsiyalar
  • Oʻquv va ijodiy master-klasslar kutmoqda.

Orzungizdagi kasbni qidirayotgan boʻlsangiz, bu yarmarka aynan Siz uchun!