29.01.2021 416

JIDUda shu yili buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar oyligi doirasida quyidagi tanlovlar bo‘lib o‘tadi.

  1. “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” degan bosh tamoyil  asosida O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgan  davrda “Navoiyni anglash” mavzusida insholar tanlovi;
    (Muddati 5-fevralgacha)
  2. “Navoiy va yoshlar” maxsus dasturi asosida talabalar o‘rtasida “Navoiy – mohir diplomat” va “Navoiy  siymosi va ijodi XX1 asr o‘quvchisi nigohida”, “Alisher Navoiy adabiy merosining orni va ahamiyati”  mavzusida publitsistik maqolalar tanlovi;
    (Muddati 6-fevralgacha)
  3. Universitetning iqtidorli talaba-yoshlari o‘rtasida “Olti asrkim nazmiy saroyni, titratadi zanjirband bir sher“ dasturi asosida videoroliklar  tanlovi.
    (Muddati 25-fevralgacha)

Barchani tanlovlarda ishtirok etishga  taklif etamiz.

Ma’naviyat markazi va O‘zbek va rus tillari kafedrasi