03.04.2022 2220

5 аprel 2022-yil soat 16.00da nemis tilidan notiqlik san’ati tanlovining birinchi bosqichi nemis tilini asosiy va ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan 3 va 4-kurs talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov shartiga ko’ra ishtirokchilar taklif qilingan mavzulardan biri bo'yicha nutq (taxminan 5 daqiqa) tayyorlashlari va hakamlar hay'ati a'zolariga taqdimot qilishlari kerak.

Tanlov ishtirokchilari uchun quyidagi mavzular taklif etiladi:

  1. 2022-yilda Germaniya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 30 yilligini nishonlaydi: hamkorlik natijalari haqida nima deya olasiz? Kelgusi 30 yil davomida bu munosabatlar qanday bo’ladi deb o’ylaysiz?
  2. Diplomatiya san’ati nimasi bilan ajralib turadi? Diplomatiya tinch-totuv yashashga qanday ta’sir ko’rsatadi?
  3. Hozirgi yosh avlod oldida qanday muammolar bor? Ularning qanday yechimlarini ko’ryapsiz?
  4. Ijtimoiy tarmoqlar siz uchun qanchalik muhim? Ularning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ijtimoiy tarmoqlarning kelajagi va ularning ijtimoiy hayotga ta’siri haqida fikringiz qanday?

Tashkilotchi: “Roman-german tillari” kafedrasi, Nemis tili sho’basi

Qo’shimcha ma’lumot uchun: “D” binosi, 201-xona