“Markaziy Osiyoda suv manbalaridan birgalikda foydalanish” mavzusida ilmiy-ma’rifiy seminar
25.11.2017 19490
Hurmatli talabalar!
JIDU “Muzokaralar laboratoriyasi” tomonidan 1-2-dekabr kunlari “Markaziy Osiyoda suv manbalaridan birgalikda foydalanish” mavzusida ilmiy-ma’rifiy seminar o’tkaziladi. Tadbir davomida UN DP, CAREC, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Ekologik harakati va JIDU O’MK kabi bir qator tashkilotlardan taklif etilgan mutahassislar o’zlarining xalqaro muzokaralar, Gidro- va ekologik diplomatiya bo’yicha ma’ruzalari bilan qatnashishadi. Shu bilan birga tadbir doirasida transchegaraviy daryolardan foydalanish bo’yicha muzokara shaklidagi simulyatsion o’yin tashkil qilinadi. Barcha talabalarni ushbu tadbirda qatnashishga taklif qilib qolamiz.
Tadbir o’tkaziladigan joy: JIDU Sport-sog’lomlashtirish majmuasi (COK)
Shuningdek, “Markaziy Osiyoda suv manbalaridan birgalikda foydalanish” mavzusida maqolalar qabul qilinadi. Maqolalar tadbir yakunida maxsus to’plam shaklida nashr etiladi.
Maqolalar 16-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.