Kafedra: YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari”

Lavozimi: Dotsentlar

E-mail: inomuwed@mail.ru

Faoliyatining annotatsiyasi:

Bobokulov I.I. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YUNЕSKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dos. v.b. U 12.00.10 - Xalqaro huquq mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik (2002) va doktorlik dissertatsiyasini (2010) yoqlagan. Hozirda Xalqaro munosabatlar, JIDU ilmiy-nazariy nashrining tahrir hay’ati, shuningdek JIDU va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Ilmiy kengashlar a’zosi.

Ilmiy tadqiqotlar doirasini: Markaziy Osiyo va Afg‘oniston xavfsizligining zamonaviy muammolari; mintaqaviy xalqaro tashkilotlar faoliyati; Markaziy Osiyoda chegara va hudud masalalarini tartibga solishning xalqaro-huquqiy jihatlari va boshqalar tashkil etadi.

U Jons Xopkins universiteti Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (AQSH, 2005) hamda Nanyan Texnologiya universiteti S. Rajaratnam nomidagi Xalqaro tadqiqotlar maktabida (Singapur, 2016) ilmiy-tadqiqot grantlari doirasida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan.

Bobokulov I.I. xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan konferensiya va seminarlar hamda O‘zbekiston va xorijda amalga oshirilgan bir qator ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etgan; “Xalqaro huquq” va “Xalqaro munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha doktorlik va magisterlik ishlariga rahbarlik qilmoqda; “Xalqaro xavfsizlik huquqi” va “Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolari” fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi.

Asosiy ilmiy ishlari:

 

  1. “IS in Afghanistan: Emergence, Evolution and Expansion”, Counter Terrorist Trends and Analysis,Vol. 8, Issue 7, July,2016.
  2.  “State-building in Afghanistan: Decentralization vs. Centralization”, Central Asia and the Caucasus, Vol. 16, Issue 2, 2015.
  3. Ferghana as FATA?”, Central Asia and the Caucasus, Vol. 15, Issue 4, 2014.
  4.  “Central Asia as a Security Complex: Theory and Practice”, Central Asia and the Caucasus, Vol. 13, Issue 3, 2012.
  5. Fergana Valley: the Heart of Central Asia, edited by S. Frederick Starr with Baktybek Beshimov, Inomjon I. Bobokulov, and Pulat Shozimov, New York, London: M.E.Sharpe, 2011, 512 p.
  6. Хавфсизлик асослари. Ўқув қўлланмаси. - Т.: Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети, 2011. – 160 б.
  7. Хавфсизлик атамалари луғати. - Т.: Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети, 2011. – 144 б.
  8. Международно-правовые аспекты региональной безопасности: вопросы теории и практики. – Т.: Университет мировой экономики и дипломатии, 2010. – 232 с.