Kafedra: Amaliy diplomatiya

Lavozimi: Professorlar

E-mail: afayzullayev@uwed.uz

A.Fayzullaev ilmiy, o‘qituvchilik, treyning olib borish, boshqaruv va diplomatiya kabi sohalarda katta tajribaga ega. JIDUda Xaqaro muzokaralar, Publik diplomatiya, Diplomatiya va kommunikatsiya kabi fanlardan dars beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlar va tashqi iqtisodiy munosabatlar buyicha Davlat Maslahatchisi, O ‘zbekiston Tashqi Islar Vazirining birinchi o‘rinbosari va o’rinbosari lavozimlarida ishlagan. O‘zbekistonning Benelix mamlakatlarida va Buyuk Britaniyada Elchisi, NATO va Yevropa Ittifoqidagi diplomatik missiyalari rahbari kabi vazifalarini bajargan. Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatic martabaga ega.

Ettita ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy kitoblar, shuningdek ko ‘plab ilmiy maqolalar, esse, hikoyalar muallifi. Asarlari O ‘zbekiston, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya, Janubiy Koreya va Gollandiyada chop etilgan. “Review of International Studies”, “Negotiation Journal”, “Diplomacy and Statecraft”, “The Hague Journal of Diplomacy” kabi nufupli xalqaro ilmiy  jurnallarda ilmiy maqqolalari nashr etilgan.

Taklif etilgan olim sifatida Amerika, Britaniya, Kanadaning bir qator nufuzli universitetlarida ilmiy ish qilgan va dars bergan. Ilmiy qiziqishlari diplomatiya, xalqaro muzokaralar, sotsial konstruktivizm va xalqaro munosabatlarda siyosiy psixologiya yo’nalishlari bo’yicha.