Kafedra: YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari”

Lavozimi: O`qituvchilar

E-mail: ya_umid@uwed.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakultetini 2012 yilda bakalavriat bosqichini “Yurisprudensiya” ixtisosligi bo‘yicha, 2015 yilda magistratura bosqichini “Xalqaro huquq” ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2012 yilda “NORMA HAMKOR” MChJda huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert sifatida boshlagan. Hozirgi vaqtda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YuNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasida o‘qituvchi sifatida ishlab kelmoqda.

O‘zbek xalqaro huquq assotsiatsiyasi a’zosi.

Ilmiy izlanishlari sohasi: Xalqaro ommaviy huquq samaradorligini ta’minlash mexanizmlari, ularni takomillashtirish masalalari, xalqaro huquqning asosiy prinsiplari va ularni qo‘llash masalalari.

Ta’lim beruvchi kurslari: Xalqaro ommaviy huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro gumanitar huquq.

Asosiy nashrlar:

  1. БМТ Xавфсизлик Кенгаши томонидан халқаро ҳуқуқ асосий принципларининг қўлланиши // “Халқаро ҳуқуқнинг долзарб муаммолари: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси материаллари. – Т.: ЖИДУ, 2015.
  2. Бошқа давлатларнинг ички ишларига аралашмаслик принципини қўллаш муаммолари // “Ҳозирги замон халқаро муносабатларининг долзарб масалалари: сиёсат, иқтисод ва ҳуқуқ” мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси материаллари. – Т.: ЖИДУ, 2015.

Халқаро ҳуқуқнинг асосий принциплари ва уларни қўллаш муаммолари // “Ҳозирги замон халқаро муносабатларининг долзарб масалалари: сиёсат, иқтисод ва ҳуқуқ” мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси материаллари. – Т.: ЖИДУ, 2014.