Kafedra: YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari”

Lavozimi: Professorlar

E-mail:

Faoliyatining qisqacha tavsifi:

1981 yilda Toshkent davlat universiteti, yuridik fakultetining huquqshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1981-1984 yillarda SSSR Fanlar Akademiyasining Davlat va huquq instituti aspiranti. 1984 yili nomzodlik dissertatsiyasini, 1990 yilda  doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1993 yilda xalqaro va qiyosiy huquq professori ilmiy unvoni olgan.

1985-1989 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutining katta ilmiy xodimi va bo‘lim mudiri, 1989-1991 yillarda O‘zbekiston Yoshlar tashkiloti qo‘mitasining raisi, 1991-1992 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutining direktori, 1992-1993 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jahon muammolari institutining direktori, 1993-1994 yillarda Toshkent davlat yuridik institutining rektori lavozimlarida ishlagan.

1994-1996 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi, ayni vaqtda YuNESKOda O‘zbekistonning Doimiy vakili sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

1996 yilning noyabridan boshlab Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati etib saylangan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi Universiteti, YuNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi professori.

Ilmiy izlanishlari sohasi: Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, konstitutsiyaviy va qiyosiy huquqshunoslik, xalqaro huquq, inson huquqlari masalalari, BMT, YeXHT, YeI va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyati.

Ta’lim beruvchi kurslari: Inson huquqlari, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq, qiyosiy huquqshunoslik.

Asosiy nashrlar:

30 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.