Kafedra: YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari”

Lavozimi: Kafedra mudiri

E-mail: amuminov@uwed.uz

Faoliyatining qisqacha tavsifi: 1993 yil Toshkent davlat universitetining tarix fakultetini, 1997 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakultetini “Xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2005 yil “O‘zbekiston Respublikasining YuNESKO bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan.

O‘qishni tamomlagandan so‘ng, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining YuNESKO “Inson huquqlari, tinchlik, demokratiya, bag‘rikenglik va xalqaro tushunish” kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri v.b., dotsent lavozimlarida ishlagan.

Hozirgi paytda YuNESKO “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasining mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuridik fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohada ixtisoslashgan universal tashkilotlar bilan xalqaro-huquqiy hamkorligi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Buyuk Britaniya, Shvesiya, Vengriya, Ispaniya, J.Koreya, Xindiston, Rossiya Federatsiyasi, kabi xorijiy davlatlarning oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlarida malaka oshirish kurslari, xalqaro seminar va konferensiyalarda o‘z bilim va malakasini oshirishi bilan bir qatorda, ilmiy ma’ruzalar bilan chiqishlar ham qilgan.

Ilmiy izlanishlari sohasi: Xalqaro-huquqiy masalalar, inson huquqlari masalalari, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari faoliyati, xalqaro gumanitar huquq.

Ta’lim beruvchi kurslari: Xalqaro huquqning dolzarb muammolari, Xalqaro gumanitar huquq, Inson huquqlari, Xalqaro tashkilotlar huquqi, Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi.

Asosiy nashrlar:

  1. Ўзбекистон ва ЮНЕСКОнинг халқаро – ҳуқуқий муносабатлари. Монография. –Т.: Янги авлод асри, 2003. – 212 б.
  2. Халқаро савдо ҳуқуқи. Ўқув қўлланма. –Т.: ЖИДУ, 2009. – 165 б. (Г.Маткаримова, Ш.Рахманов, А.Камаровлар билан ҳаммуаллифликда) (рус тилида).
  3. Инсон ҳуқуқлари. Дарслик. –Т.: ЖИДУ, 2010. – 528 б. (М.Тиллабаев билан ҳаммуаллифликда).
  4. Бола ҳуқуқлари. Электрон дарслик. –Т.: ЖИДУ, 2012. (М.Тиллабаев билан ҳаммуаллифликда).
  5. Инсон ҳуқуқлари.Ўқув қўлланма. –Т.: Baktria press, 2012. – 297 б. (А.Гафуров, М.Тиллабаев билан ҳаммуаллифликда).
  6. Инсон ҳуқуқлари. Дарслик. –Т.: Адолат, 2013. – 502 б. (М. Тиллабаев билан ҳаммуаллифликда).
  7. Халқаро ташкилотлар ҳуқуқи шаклланишининг назарий масалалари. Монография. –Т.: ЖИДУ, 2013. – 169 б.
  8. Халқаро ташкилотлар ҳуқуқи. Ўқув қўлланма. –Т.: ЖИДУ, 2014.–150 б.
  9. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ ва халқаро гуманитар ҳуқуқ. Ўқув қўлланма. –Т.: Янги аср авлоди, 2014. – 228 б. (А.Х.Саидов, Г.Юлдашева, Ф. Бакаева, М. Самарходжаева, К. Олимова билан ҳаммуаллифликда). (рус тилида).

Шунингдек, 60 дан ортиқ илмий мақолалар муаллифи.