Kafedra: Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi

Lavozimi: Dotsentlar

E-mail: bxamrokulov@uwed.uz

Faoliyatining qisqacha tavsifi:

2002 yil Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti (bakalavriat) tugatdi va shu yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Halqaro huquq” fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 2004 yil bitirib, “Halqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘ldi. 2003-2004 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining Chilonzor tumani filiali huquqshunosi lavozimida ishladi. 2003-2008 yillar davomida «Fides» advokatlik byurosi advokati, rahbar o‘rinbosari bo‘lib mehnat faoliyatini olib bordi. 2007 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olishni boshladi va 2009 yil magistraturani tamomladi. 2008 yil “Ma’naviy zararni qoplashning huquqiy tartibga solinishi muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 2008 yil davomida Toshkent shahar Mirobod tumani hokimi yordamchisi bo‘lib ishladi. 2009 yildan hozirgi kunga qadar «Absolvo Bona Fides» advokatlik byurosi rahbari, 2012 yildan esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Universitetda 4 kurs talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tadi.

 

Ilmiy izlanishlari sohasi:

Fuqarolik va fuqarolik protsessual huquqi, mehnat va xo‘jalik huquqlari yo‘nalishidagi qonunchilikni hamda huquqshunoslik yo‘nalishidagi darslarni interaktiv metodlar orqali o‘tishni takomillashtirish.

 

Ta’lim beruvchi kurslari:

Mehnat huquqi, fuqarolik protsessual huquqi.

 

Asosiy nashrlar:

1. Ma’naviy zarar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Baktria Press, 2012.

2. Hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish masalalari//Oliy xo‘jalik sudi Axborotnomasi. – Toshkent, 2014.

3. Fuqarolik sudlarida chet el sudlari qarorlarini tan olishning huquqiy tartibga solinishi. –T.: TDYuU, 2015.