O`zbek tilida In English На русском


Sog'lom ona va bola yili

UNIVERSITETDA 'YOSHLAR TARBIYASIDA OILA VA JAMIYATNING ÕRNI' MAVZUIDAGI 'SOG'LOM ONA VA BOLA YILI'GA BAG'ISHLANGAN EL ARDOG'IDAGI AYOLLAR BILAN DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TD

12-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida  'Yoshlar tarbiyasida oila va jamiyatning õrni' mavzuidagi 'Sog'lom ona va bola yili'ga bag'ishlangan el ardog'idagi ayollar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni JIDU rektori Djumanov A.A, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Bositxanova E. I.ochib berdilar.

Shuningdek,  Xosiyat Yoqubjonova- Respublikada Xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Shuhrat medali sohibi;  Mubarek Yunusxodjayeva-  O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, El-yurt hurmati ordeni sohibi; Mukarram Muhitdinova-  taniqli olima, fizika matemarika fanlari nomzodi, 100- dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, Rixsi Ibrohimova-  O'zbekiston xalq artisti, Mehnat-Shuhrati va El-yurt hurmati ordenlari sohibasi; Galina Melnikova-  O'zbekistonda xizmat korsatgan artist Dostlik ordeni va Fidikorona mehnati uchun ordeni sohibi; Movlyuda Latipova-  shifokor so'zga chiqdilar.

Bundan tashqari, xonanda Vohidjon Isxakov, O'zbekiston Milliy akademik drama teatri aktyorlari Tolib Mo'minov va Nigina Anarbayevalar Navoiy va Guli obrazlarini mohirona ijro etib berdilar. Zulfiya mukofoti sovrindori Guljamol Askarova va milliy qo'shiqlarimiz ijrochisi Ra'no Ro'zikulovalar ham o'zlarining namoyishlari bilan chiqdilar.

JIDUDA “SOG’LOM TURMUSH TARZI, OVQATLANISH MADANIYATI – ZAMONAVIY YOSHLAR HAYOTINING MUHIM TARKIBIY QISMIDIR” NOMLI UCHRASHUV BO’LIB O’TDI.

17-fevral 2016-yili Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida “Sog’lom turmush tarzi, Ovqatlanish madaniyati – zamonaviy yoshlar hayotining muhim tarkibiy qismidir” nomli uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv “Sog’lom ona va bola” yiliga bag’ishlangan bo’lib, unga Toshkent shahar Salomatlik va Meditsina Statistikasi institutidan Shirinova A.Ch, Toshmatova G, Mirsultanova X., Siddikova Sh.X., Aliyeva A. shifokorlar tashrif buyurdilar. “Davra suhbati” shaklida o’tgan uchrashuv qiziqarli bo’ldi. Talabalar o’z qiziqqan savollariga to’la ravishda, ilmiy asoslangan javoblar oldilar.

Uchrashuvda barcha fakultet talabalari, o’qituvchilari, universitet tibbiy markazi xodimlari, Xotin-qizlar qo’mitasi, “Lider-qizlar” klubining a’zolari qatnashdi.

Universitetda “Zulfiyaxonim damovchilari” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

29 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Zulfiyaxonim damovchilari” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

29 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Zulfiyaxonim damovchilari” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirga  O'zbekiston Respublikasi Xotin – qizlar qo'mitasi mas'ul xodimi G.Askarova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari Dilnoza Kattaxanova, Mexrinoz Abbosova, Dilrabo Norkulova, Sitora Toshmatova, Maftuna Normatova, Maftuna Nodirova, Farida Toshpulatova, Nafosat Jurabekovalar tashrif buyurdilar. Tadbir davomida  O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning hayoti va ijodiga bag’ishlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tashrif buyurgan mukofot sovrindorlari o'rtasida mushoira o'tkazildi, ular tomonidan o'zlari yozib o'tgan she'rilari o'qib eshittirildi. Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya qoshidagi akademik litsey o'quvchilari Ma'suma Elmurodova, Mohira Zuxurovalar ham o'z she'riy ijodi bilan ishtirok etdi.

«SOG’LOM ONA VA BOLA YILI» DAVLAT DASTURINI AMALGA OSHIRISH HAMDA 8 MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNINI NISHONLASH MAQSADIDA “SPARTAKIADA-2016” SPORT TURNIRI O'TKAZILDI

2016 yil 4 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, Diplomatik servis xizmati hamda  universitet tomonidan qabul qilingan 2016 yil 1 fevraldagi qo'shma Nizomiga binoan, «Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish hamda 8 Mart Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash maqsadida “Spartakiada-2016” sport turniri o'tkazildi.

Turnirda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligining diplomatik servis xizmati xodimlari, universitet ayol professor-o'qituvchilari hamda  talabalar ishtirok etdi.

Musobaqa sportning 5 ta turi: estafeta, stol tennisi, darts, shaxmat va shashka bo'yicha o'tkazildi. Erishilgan natijalarga ko'ra JIDUning talabalar terma jamoasi birinchi, Tashqi ishlar vazirligi jamoasi ikkinchi, Diplomatik servis xizmati xodimlari uchinchi hamda JIDU professor-o'qituvchilari 4 o'rinni egalladilar. G’oliblar va ishtirokchilarga faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Spartakiada ishtirokchilariga universitet rektori A.Djumanov va Tashqi ishlar vazirligining diplomatik servis xizmati boshlig’i A.Kayumov o'z tabrik so'zlarini yo'lladi.

16 MART KUNI JIDUDA “SIL KASALLIGINI OLDINI OLISH” MAVZUSIDA SUHBAT TASHKIL ETILDI

2016 yil 16 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida murabbiylik soatida “Sil kasalligini oldini olish” mavzusida suhbat tashkil etildi. 

Suhbatga Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti bo'lim boshlig'i M.X.Kambarova, institutning etakchi mutaxassisi A.X.Shofayzieva hamda Respublika maxsuslashtirilgan ftiziatriya va pulmanologiya tibbiy markaz bosh shifokor o'rinbosari V.G.Belotserkovets taklif etildi. Suhbat davomida talaba-yoshlarga sil kasalligining kelib chiqish yo'llari, belgilari va oldini olish profilaktikasi to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. Suhbatni universitet Xotin-qizlar qo'mitasi raisi E.S.Sultanova olib bordi. Suhbatda ma'naviyat-ma'rifat bo'limi vakillari, ustoz-murabbiylar hamda “XM” munosabatlar fakulteti 1 kurs talabalari ishtirok etdi.

MURABBIYLIK SOATIDA, BARCHA AKADEMIK GURUHLARDA “SOG'LOM ONA VA BOLA YILI” DAVLAT DASTURINING MAZMUN-MOHIYATI O'RGANILDI

16 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida murabbiylik soatida, barcha akademik guruhlarda “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati o'rganildi. Mazkur dasturning bosh maqsadi, ustuvor vazifalari va amalga oshirilishi yo'nalishlari batafsil o'qib eshittirildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan sog'lom avlodni tarbiyalashga, ma'naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli shaxsni shakllantirishga qaratilgan ken ko'lamli chora-tadbirlarni izchil davom ettirish to'g'risida so'z yuritildi. Ushbu dastur yuzasidan talabalar va ustoz-murabbiylar o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

JIDU VA "KAMOLOT" YOIH HAMKORLIGIDA "UWED KIND" LOYIHASI O’TKAZILDI

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti "Kamolot" YoIH boshlang'ich tashkiloti "Kamolot" YoIH kengashi bilan hamkorlikda "UWED KIND" loyihasini o'tkazdi. Boshlang'ich tashkilot a'zolari Mirzo Ulug'bek tumanidagi 105- maxsus maktab internati tarbiyalanuvchilari uchun turli ko'ngilochar tadbirlarni o'tkazdilar. Tadbir so'ngida ushbu muassasa tarbiyalanuvchilari sovg'alar bilan taqdirlandilar.

JIDUda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi

29- sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan, “Sog’lom ona va bola” yili davlat dasturi doirasida “Baraqaror taraqqiyot ta’minotida ayolning o’rni” mavzusida Toshkent shahridagi yetakchi oliygoh vakillari ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Sultanova E’tibor Siddiqovna – Ona va bola manfaatlari himoyasi- mustaqil O’zbekistonning strategik vazifasi; Inamjonova Gulnora Soataliyevna – Sog’lom ona va bola tarbiyasini ta’minlashning huquqiy asoslari; Tashpo’latova Laylo Maratovna - Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashda BMTning o’rni; Yunusxodjayeva Muborek Yuldashevna - O’zbek ayoli timsoli tarixiy rakursda; Djurayeva Nilufar Dalibayevna - Oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashdagi o’rni; Abdukadirova Lola Kabulovna - Yoshlarning tibbiy madaniyatini shakllantirishda sog’lom turmush tarzining roli; Shakirjanova Klara Tashkenbayevna - Jismoniy tarbiya va sportning barqaror taraqqiyot maqsadida tinchliksevar jamiyatni shakllantirishdagi roli kabi mavzularda ma’ruza o’qidi.

Konferensiya yakunida ushbu seminardan olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar oliy ta’lim tizimining o’quv-tarbiyaviy jarayonlarda ilgari surilishi to'g'risida fikr va xulosaga kelindi.

JIDU "Kamolot" YoIH BT  faollari  "Happy generation project" nomli xayriya aksiyasini o'tkazdilar

2016-yil 22-oktabr kuni JIDU "Kamolot" YoIH BT  faollari A.U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar​ ruhiy-asab kasalxonasida "Happy generation project" nomli xayriya aksiyasini o'tkazdilar. Loyiha davomida JIDU talabalari o'zlarining interaktiv tarzdagi o'yinlari bilan bollarning vaqtini mazmunli o'tkazishda o'z hissalarini qo'shdilar. Shuningdek, har bir ishtirokchi uchun sovg'alar ulashildi.


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar