O`zbek tilida In English На русском


Talabalar uyushmasi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi – mamlakatimiz yoshlarini ozod va obod Vatan yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirish, milliy g‘oyamizga tayangan holda mustaqil O’zbekistonning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni, bozor iqtisodiyoti asoslarini chuqur egallagan yoshlarni voyaga yetkazishga har tomonlama ko‘maklashish, o‘sib kelayotgan avlodning inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, xalqimizning obro‘si va nufuzini, yurtimizning shon-shuhratini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.

Boshlang‘ich tashkilot atrofida yoshlarning iqtidorini, bilim saviyasini oshirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda: Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishi, Tashkiliy va axborot-tahlil yo‘nalishi, Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish, Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo‘nalishi, Matbuot yo‘nalishi, Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi, Huquqiy savodxonlik yo‘nalishi, Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo‘nalishi.

Tashkilotning asosiy vazifasi talabalar huquqlarini har tomonlama himoya qilish, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

2014-2015 o‘quv yilida boshlang‘ich tashkilot o‘z safiga 750 nafar talabani qamrab oldi.

JIDU “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotiga bugungi kunda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabasi Davlat Umarov yetakchilik qilmoqda.

2014-2015 o‘quv yilida JIDU “Kamolot” YoIH universitet boshlang‘ich tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yillik rejaga asoslangan holda amalga oshirildi. Bu borada belgilab o‘tilgan bir qator yo‘nalishlar faoliyatiga universitet talabalarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yoshlar qalbida vatanparvarlik ruhini rivojlantirish, talabalar o‘rtasida do‘stlik rishtasini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, yot g‘oyalar ta’siri ostiga tushib qolmaslik uchun o‘zida immunitetni shakllantira olish, shu bilan birga huquqiy madaniyati va kasbiy mehnat mahoratini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlarga qaratildi.

2014 yilning 20-26 oktyabr kunlari “Kamolot” YoIH Respublika Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Munozara” debat klubining respublika forumida JIDU talabalari ham faol qatnashdi. JIDU “Kamolot” YoIH BT Kengashi a’zolari Anvar Barnayev va Abduxalilov Farrux “Yoshlar oromgohida” bo‘lib o‘tgan ushbu forumda juda faol qatnashdi va respublika ishchi guruhi tarkibiga kiritildi.

2014 yilning 7-13 noyabr kunlari “Kamolot” YoIH Respublika Markaziy Kengashi tomonidan har yilda bir marta o‘tkaziladigan “Kamolot YoIH oliy ta’lim muassasalaridagi BT yetakchilarining forumi”da JIDU “Kamolot” YoIH UBT yetakchisi D.Umarov ishtirok etdi. Ushbu forum davomida harakat haqidagi bilimlari va ko‘nikmalarini mustahkamlagan yetakchi “Eng na’munali boshlang‘ich tashkilot” respublika ko‘rik-tanlovida faol qatnashib, 76 ta oliy ta’lim muassasalarining yetakchilari orasida 5 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Forum yakunida JIDU “Kamolot” YoIH BT faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2014 yil noyabr oyining so‘nggi haftasida “Kamolot” YoIH Respublika Markaziy Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 22 yilligi hamda 2014 yil 21 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, viloyat, shahar, tuman xalq deputatligi Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlardan oldin, “Konstitutsiya – xalq farovonligi garanti” va “Yoshlar va saylov” mavzusidagi Respublika targ‘ibotida JIDU talabalaridan 18 nafari qatnashdi. Andijon viloyatidan boshlab to Qoraqalpog‘iston Respublikasigacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgan targ‘ibotda talabalarimiz akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, maktab o‘quvchilari va MFY bilan bo‘lgan uchrashuvlarda Konstitutsiya mohiyati, saylov huquqi haqida tushuncha berdilar.

“Kamolot” YoIH respublika Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Munozara” debat klubining 1-respublika turnirida JIDU talabalaridan tashkil topgan “Diplomatlar” jamoasi finalda ishtirok etdi va faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. (25.01-05.02.2015)

JIDU “Kamolot” YoIH UBT tomonidan Hilol Nosimov rejisserligidagi “Gumrohlar” filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur film namoyishiga   Xalqaro munosabatlar, Xalqaro huquq va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetlaridan 150 dan oshiq  talabalar qatnashib, film mazmunidan zaruriy xulosalar chiqarib oldi (03.03.2015).

2014-2015 o‘quv yili davomida talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash doirasida muddatli harbiy xizmatni o‘tab o‘qishga qabul qilingan 99 nafar talabadan 86 nafariga yillik to‘lov-shartnoma summasining 35% “Kamolot” YoIH tomonidan to‘lab berilishi uchun tavsiya berildi.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Kamolot kubogi” musobaqalarining bahorgi mavsumi ushbu yil ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Musobaqalar qiziqarli o‘yinlarga boy bo‘ldi va final o‘yinida XH-4 va XIM-4 jamoalari o‘zaro kuch sinashib, XH-4 jamoasi g‘alaba qozondi.

2015 yil may va aprel oylari davomida “Kamolot” YoIH Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan hasharlarga universitet talabalari jalb etildi. Ushbu hashar davomida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Oltintepa” hamda “Cho‘ldaraxt” qabristonlari obodonlashtirildi va ko‘kalamzorlashtirildi.

“Kamolot” YoIH respublika Markaziy Kengashi tomonidan har yili an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovining bu yilgi saralash bosqichida JIDU talabalaridan tuzilgan “Istiqlol elchilari” jamoasi ishtirok etdi. Toshkent davlat agrar universteti, Toshkent axborot va texnologiyalari universiteti, Toshkent temiryo‘llar va muhandislik instituti talabalari bilan  bellashgan JIDU talabalari 5 ta shart yakuniga ko‘ra faxrli 2 o‘rinni egalladi. (20.05.2015)

1 iyun “Xalqaro bolalar” kuni bayramiga bag‘ishlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faol talabalari tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 105 sonli maktab internatida “Tinchlik uchun xayriya aksiyasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda maktab o‘quvchilari uchun bola huquqlari to‘g‘risida seminar trening o‘tkazildi.

 
 

Bundan tashqari, rasssomlar tanlovi, turli o‘yinlar ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida internat o‘quvchilariga turli xil sovg‘alar berildi.  (15.05.2015)

“DipUz” gazetasining “Vatanparvarlik”, “Talabalar ijodidan”, “Siyosiy xayot” ruknlaridan iborat bo‘lgan sentyabr, yanvar, mart va may oylari soni chop etildi (yil davomida).

“Kamolot” YoIH UBTning faol a’zolari, kam ta’minlangan, moliyaviy ahvoli og‘ir va yordamga muhtoj talabalarni, TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning eng faollarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular Sport sog‘lomlashtirish majmuasidan bepul foydalanish uchun 1 oylik abonement bilan rag‘batlantirib borildi (yil davomida).


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar