O`zbek tilida In English На русском


Xalqaro munosabatlar jurnali

Xalqaro munosabatlar jurnali«Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq» jurnali O‘zbekiston Respublikasi  Tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy-nazariy nashrlarining fanlararo turkumiga mansub.

«Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq» ilmiy-nazariy jurnali O‘zbekiston axborot va matbuot agentligida 2007 yil 11 yanvarda (ruxsatnoma №0127)  rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Milliy nashr palatasi tomonidan ham rasmiylashtirilib, bosma nusxasi ISSN 2010-6203 indeksiga ega. O‘z navbatida bu indeks, xalqaro referativ nashrlar haqidagi ma'lumot bazasiga mutanosibligidan dalolat beradi.

Jurnal sahifalarida nashr etiladigan maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida bosib chiqariladi.

Jurnal bosma ravishda nashr qilinib, yiliga to‘rt marotaba, ya'ni yiliga har uch oy choragining birida tarqatiladi.

Jurnal tahririyatiga kelib tushadigan maqolalarning aksariyati zamonaviy xalqaro munosabatlar va jahon siyosati masalalari bilan bog‘liq holatlarning analitik tahliliga oid bo‘lib, jamiyat va davlat boshqaruvining turli ko‘lami doirasidagi  xalqaro-huquqiy masalalar mohiyatining tartiblashuvi, jahon xo‘jaligi rivojlanishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, O‘zbekistonning ijtimoiy-gumanitar sohasi va xalqaro hamjamiyatdagi dolzarb muammolar yoritilishiga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Tahririyat fanning boshqa yo‘nalishlariga aloqador maqolalar chop ettirish huquqiga ham ega. Jurnal nazariy, metodologik, mavzuga aloqador, sharhiy mavzuga doir analitik maqolalarni; nashrga oid ilmiy taqriz va b.larni nashr ettirishi mumkin.

Muallif maqolani elektron pochta orqali taqdim etadi.

Matn materiali hajmi 2000-3000 so‘z. Qo‘lyozmani RTF formatida tayyorlash lozim, 14 shrifti, qator oralig‘i intervali - 1,5,  muqobil xatboshi asosida.

Bibliografik ro‘yxat va havolalar ro‘yxati davlat standarti (xalqaro standart) tartiblariga muvofiq ravishda rasmiylashtiriladi.

Qo‘lyozmada muallif o‘z ismi sharifi va familiyasi, ish joyi va lavozimi, ilmiy daraja va unvon, telefon raqami va elektron manzil ko‘rsatilishi lozim.

Maqolalar mazmun - mohiyati nuqtai nazaridan noshirlik hay'ati va soha mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Jurnalda maqolani chop etish qarori Tahririyat hay'ati orqali qabul qilinadi.

Maqolani jurnalda chop etish uchun to‘lov badali undirilmaydi.

 

Maqola topshirish


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar