O`zbek tilida In English На русском


Boshqaruv inistituti

Boshqaruv instituti (BI) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 23 sentyabrdagi PF-474 sonli «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil qilish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan tashkil etilgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tarkibiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 oktyabrdagi 491-sonli va 1992 yil 3 dekabrdagi 567-sonli qarorlariga asosan Boshqaruv institutida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini olib borish uchun mas'ul shaxslar hamda davlat tashkilotlari rahbar xodimlari ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan.

Boshqaruv instituti - bu:

  • Yanada egiluvchan va harakatchan tuzilma;
  • Yuqori malakali olimlar, o‘qituvchilar va maslahatchilar ijodiy jamoasi;
  • Ko‘pgina ijtimoiy tashkilotlar va jamg‘armalar, universitet va korporatsiyalar, biznes va menejment maktablari va yetakchi xorijiy mutaxassislar hamkorligi;
  • Bizning ko‘pgina tinglovchilarimiz - vazirlik va idoralar, konsernlar, yirik xo‘jaliklar va korxonalar hamda hokimiyatlarning hozirgi kundagi va kelajakdagi rahbar xodimlaridirlar.
  • O‘tkazilgan kurslarimiz tinglovchilari bugungi va ertangi kun talablariga javob bera oladigan tajribali va ilmu fanda muvaffaqiyat qozongan hozirgi zamon ishbilarmonlari va rahnomalaridirlar.

Boshqaruv institutining asosiy maqsadi quyidagicha:

  • davlat va tijorat tuzilmalari xodimlarini ko‘p bosqichli boshqaruv bo‘yicha tayyorlash va malakasini oshirish;
  • boshqarish bo‘yicha valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar, menejment, marketing, savdo reklamalari va tashqi iqtisodiy hamkorlik, xalqaro savdo, bojxona va ma'muriy huquq yo‘nalishlari bo‘yicha qayta o‘qitish hamda malakasini oshirish;
  • yuqori samarali va amaliy o‘qitish uchun turli shakldagi mashg‘ulotlar, munozaralar (diskussiyalar), uchrashuvlar, tashriflar, tegishli ishbilarmonlik o‘yinlari va boshqalardan foydalanishni ta'minlash;
  • zamonaviy axborot texnologiyasi jihozlaridan foydalangan holda mahoratli o‘qitish.

Boshqaruv Institutining 23 yillik faoliyati davomida 15497 nafar boshqaruv xodimlari o‘z malakasini oshirdilar.


« Ortga qaytish


JIDU e`lonlar
  1. Talabalar hayoti
  2. Bo`sh ish o`rinlari
  3. Hamma e`lonlar