1993 yil 1 fevraldan Universitetda maxsus dastur asosida “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish boshlandi.
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari: Xalqaro munosabatlar fakultetida “Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

1996 yilda tashkil etilgan Xalqaro huquq fakultetida “Yurisprudensiya (xalqaro-huquqiy faoliyat)” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi. 

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoliyat turlari bo’yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasida kadrlar tayyorlanadi.

Yangilangan sana: 07.08.2017