Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) O’zbekiston Respubikasi Prezidentining 1992 yil 23 sentyabrdagi PF-474-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan. Quyidagilar universitetning asosoy vazifalari qilib beglilandi:

  • jahon iqtisodiyoti, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, huquq va xalqaro jurnalistika sohasida yuqori malakali mutaxassis tayyorlash;
  • xuddi shunday yo’nalishdagi chet mamlakatlarining universitetlari bilan ilmiy, madaniy hamda boshqa amaliy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, ular bilan hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risida uzoq muddatli shartnomalar tuzish;
  • mazkur ixtisosliklar bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, boshqa mamlakatlarning oquv yurtlari, davlat, jamoat va xususiy tuzilmalari, firmalari, banklari bilan hamkorlik qilish;
  • talaba va xodimlarning chet ellarda malaka oshirishlarini ta’minansh;
  • xorijiy mamlakatlarning elchixonalari, konsulxonalari, boshqa vakolatxonalari hamda tashkilotlari bilan amaliy aloqalar asosida xalqaro munosabatlar sohasida keng ixtisosli mutaxassislar tayyorlash, jahon tajribasini o’rganish va undan foydalanish;
  • xorijy olimlar, mutaxassislar, ishbilarmon kishilarni keng ko’lamda jalb etib, universitet ixtisosi bo’yicha shartnoma asosida turli maktablar, kurslar, seminarlar, uslubiy va maslahat punktlarini tashkil qilish;
  • jahon iqtisodiyoti va biznes, davlatlararo munosabatlar, diplomatiya, xalqaro huquq va jurnalistika sohasida ko’p tomonlama tadqiqotlar va ishlanmalar bo’yicha ilmiy markazlar, kengahslar, laboratoriya tashkil qilish, shu jumladan, shartnoma asosida barpo etish.

1993 yil 1 fevraldan Universitetda maxsus dastur asosida “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo’nalishlari bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish boshlandi.

Universitet tuzilmasida 200 dan ziyod professor-o’qituvchilar va 300 nafar universitet xodimlari ishlayotgan to’rtta fakultet, to’rtta markazi, Yuridik klinika, Analitik forum, Diplomatik kurslar, Akademik litsey va 18 ta kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda.

Bugungi kunda Universitetda 8 yo’nalish bo’yicha bakalavriat (5 yil) va magistraturadan (2 yil) hamda 3 ilmiy mutaxassislik bo’yicha doktoranturadan (3 yil) iborat bo’lgan 3 bosqichli ta’lim tizimi amalga oshirilmoqda. Shuningdek universitet talabalari 7 ta til kafedrasida 13 ta xorijiy til bo’yicha tahsil oladilar.

Universitetning xalqaro aloqalarini alohida ta’kidlab o’tish lozim. O’tgan davr mobaynida universitetga qator xorijiy davlatlarning Prezidentlari(Rossiya Prezidenti Dimitriy Medvedev, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak, Latviya Respublikasi Prezidenti Valdis Zatlers), Tashqi ishlar vazirlari (Rossiya-S.Lavrov, Yaponiya-Y.Kavaguchi) va Davlat kotiblari(Madlen Olbrayt, Yaponiya- Hillari Klinton ), xalqaro tashkilotlarning Bosh kotiblari (NATO-Lord Jon Robertson, YUNESKO-Frederiko Mayor va Koichiro Matsuura) hamda taniqli xalqaro olimlar va ekspertlar (Zbignev Bjezinski, Viktor Sadovnichiy, Frederik Star va boshqalar) tashrif buyurgan.

Litvya Bosh vaziri Algirdas Brazauskas(2002 y.), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev(2009), KOIKA Prezidentlari Kim Suk Xyonu (2004 y.), Shin Jang Bumu(2006 y.) va Pak De Von(2012 y.) va Koreya Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Cho Djung Pyo(2008 y.) universitetning faxriy doktorlari hisoblanadi.

JIDU ta`lim dasturlari doirasida talabalar almashinuvi bo`yicha NUPACE, MEXT (Yaponiya), Erasmus Mundus+ va boshqa turli xil ta`lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.