“Butun olamni jo qilgan yurak”

“Diplomatik va konsullik xizmati” fani doirasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashkillashtirilgan sayyor dars

“Karyera kuni”

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy va o'rta maxsus ma'lumotli bitiruvchilar bandligini ta'minlash qarori ijrosi yuzasidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2008 yildan boshlab “Mehnat yarmarkasi” o'tkazib kelinadi. Ananaviy tadbir joriy yilning 23 fevral kuni “Karyera kuni” yana bir bor o'tkazildi.

“Bola huquqlarini ta’minlash borasida milliy va xalqaro huquqiy standartlar" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

2018-yil 17-fevral kuni YuNESKOning "Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi Vasila Artikova "Bola huquqlarini ta’minlash va kafolatlash bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar" mavzusida Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti qoshidagi akademik litseyida 1- kurs akademik guruhi talabalari ishtirokida uchrashuv olib bordi.

“Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda til ta’limi va tarjima masalalari” mavzusida XI an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya

2018-yil 22-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Til ta’limi markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda til ta’limi va tarjima masalalari” mavzusida XI an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.