26.10.2019 1004

"Lynne Rienner Publishers" nashriyoti tomonidan "Foreign Policies of the CIS States" ("MDH davlatlarining tashqi siyosati") monografiyasi AQShda nashr etildi.

Monografiyaning bir bobi JIDUning "Xalqaro moliya va investitsiyalar" kafedrasi professori I. R. Mavlanov tomonidan yozilgan bo'lib, to'liqligicha O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosatiga bag'ishlangan.

Monografiya bo'yicha ishlar Rossiya xalqlar do'stligi universiteti (RXDU) tomonidan tashkil etilgan ilmiy loyiha doirasida xalqaro mualliflik jamoasi tomonidan olib borildi. Unda MDHga a'zo davlatlarning 20 ta oliy o'quv yurtidan 60 dan ortiq ekspert olimlar ishtirok etishdi.

MDHning barcha to'qqiz mamlakatining tashqi siyosati bo`yicha yozilgan boblari faqat ushbu mamlakatlarning tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan.

Shuningdek, ushbu tadqiqot ishi MDH makonida integratsiya jarayonlari va Hamdo'stlikka a'zo davlatlarning tashqi siyosatiga bag'ishlangan. Monografiyani yozishda qatnashgan MDH davlatlarining xalqaro mualliflik jamoasi mavjud tadqiqotda asrning so'nggi choragida shakllangan tashqi siyosatga milliy yondashuvlarni bayon etadi.

Monografiyada MDH davlatlarining tashqi siyosiy doktrinalari, MDH davlatlarining mintaqaviy integratsiya tuzilmalarida (MDH, ODKB, ShHT, NATO, Yevropa Ittifoqi), MDH davlatlari va qo'shni davlatlarning ikki tomonlama aloqalari, MDH davlatlarining BMTga ovozlari va savdo-iqtisodiy aloqalarni aks ettiruvchi rasmiy hujjatlar taqdim etilgan.

MDH mamlakatlari tashqi siyosati bo'yicha deyarli barcha boblar o'xshash tuzilishga ega bo'lib, bu Hamdo'stlik mamlakatlari tashqi siyosatining asosiy parametrlarini osongina taqqoslash imkonini beradi. Bo'limlarning har biri to'rtta paragrafdan iborat.

Birinchi paragrafda Hamdo'stlikka a'zo mamlakatning tashqi siyosiy salohiyati tahlil qilinadi.

Ikkinchi paragrafda tashqi siyosiy doktrinalarning evolyutsiyasi va tashqi siyosiy qarorlar qabul qilishning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan.

Uchinchi paragrafda asosiy tashqi siyosat ustuvorliklari, jumladan, asosiy hamkor davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari ko'rib chiqiladi.

To'rtinchi paragrafda Hamdo'stlikka a'zo davlatlarning iqtisodiy diplomatiya va tashqi iqtisodiy siyosatining o'ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.

Siyosiy, iqtisodiy, harbiy va gumanitar sohalarda MDH makonidagi integratsiya jarayonlariga bag'ishlangan birinchi qism bir-biridan farq qiladi.

Shunday qilib, o`quvchi monografiyani o`qish davomida MDH davlatlarining milliy manfaatlari va ularning tashqi siyosiy doktrinalaridagi o`zgarishlar bo`yicha atroflicha tasavvur oladi.

Ushbu monografiyani jahonga mashhur nufuzli nashrlar tomonidan nashr etilishi va unda davlatimiz tashqi siyosatiga bag'ishlangan maxsus bo'lim ajratilishi nafaqat O'zbekistonning tashqi siyosatini, balki butun mamlakatni AQShda, shuningdek butun dunyoda obro'- e'tibor qozonishida muhim qadamdir.