05.05.2016    10:12    16422

3-4 may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, shuningdek Roison Group va City Palace Hotel yordamida BMT modeli o'tkazildi. Unda Respublikamizning 15 dan ortiq ta’lim dargohlaridan talabalar ishtirok etishdi.

BMT Modeli – bu qiziqarli obrazli o'yin bo'lib, unda talabalar o'zlarini 2 kunga bo'lsada Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimi sifatida tasavvur qiladilar. BMT modeli ishtirokchilari – delegatlar, komitet raislari, ekspertlar va kuzatuvchilardan iborat bo'lib, o'z komiteti tomonidan qo'yilgan mavzu doirasida tanlangan davlat va xalqaro tashkilotlar rasmiy vakili sifatida fikr-mulohazalar olib borishadi. Ushbu modelda delegatlar, talaba dunyo qarashi bilan emas, balki aniq bir davlat vakili sifatida ishtirok etishadi. Har bir komitetning maqsadi qo'yilgan savol va muammolar bo'yicha aniq yechim topishdan iborat.

BMT Modeli – bu do'stlikdir. Bu eng kuchli do'stlik hisoblanib, bunda har qanday davlat sarhadlari, tili, ma'daniyati, vaqt va yosh oraliqlari bosib o'tiladi. Zotan BMT Modeli ko'plab mamlakatlarni o'z ichiga qamrab olgan yoshlar harakatidir. Uning ishtirokchilari yoshlar, bir maqsadda yig’ilib, ya'ni bu dunyoni yanada go'zal va mukammalroq qilish maqsadida jamlanishadi. Model davomida ishtirokchilar bir-birini qo'llab-quvvatlab, bir yoqadan bosh chiqarib, bir g’oya ustida ish olib borishadi. Bundan tashqari modelning ma'daniy qismida tadbirlar o'tkaziladi, bu esa o'z navbatida yoshlarning mazmunli dam olishini ta'minlab beradi. Shunday qilib ijobiy taassurotlar va yangi do'stlar orttirishingiz aniq!

Klub hakida ko’proq ma'lumot uchun www.uwedmun.uz