08.10.2019 501

Joriy yilning 20-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligini rasman eʼlon qildi. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joylarda saylov qonunchiligidagi yangiliklar, saylov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq turkum tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri “Demokratik saylovlar va xalqaro standartlar” mavzusida joriy yil 2-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boʻlib oʻtdi. Unda MSK aʼzolari, Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda universitet talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar xaqida batafsil maʼlumot oldilar.