18.05.2016    09:00    17555

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil qilingan nemis va frantsuz tili fanlari bo'yicha Talabalar Respublika olimpiadasining birinchi bosqichida I- o'rinni egallagan talabalar: frantsuz tili bo'yicha Ye.A. Kurtova (XM), nemis tili bo'yicha R.N. Odilov (XM) olimpiadaning ikkinchi bosqichiga yo'llanma oldilar. Talabalar Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi nemis tili bo'yicha 11-12 may kunlari Buxoro davlat universitetida, frantsuz tili bo'yicha 13-14 may kunlari Samarqand davlat universitetida o'tkazildi. Olimpiadaning 2-bosqichi ham 4 turdan iborat bo'lib, yig'ilgan ballar natijasiga ko'ra frantsuz tili fanidan XM 1- kurs talabasi Ye.A. Kurtova faxrli birinchi darajali diplomni, XM 4-kurs talabasi R.N. Odilov faxrli ikkinchi darajali diplomni qo'lga kiritdilar. 
G'olib talabalarimizni chin dildan qutlaymiz, ular bilan faxrlanamiz va ularga muvaffaqiyatlar tilaymiz!