12.05.2016    16:33    16317

Tadbirda O‘zbekiston  Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi, Toshkent Islom instituti vakillari, shuningdek professor-o‘qituvchilar tarkibi va Universitet talaba yoshlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muxamadiyev so‘zga chiqib, dunyoda milliy va diniy miqyosda qarama-qarshiliklar kuchayyatogan bir davrda ushbu mavzuning dolzarbligini ta’kidladi.

N.Muhamadiyev tashkilot faoliayatiga keng to‘xtalib, ushbu tashkilot O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1992-yilda tashkil etilganligi va shundan buyon mamlakatda istiqomat qilayotgan turli etnik guruh vakillari milliy-manaviy ehtiyojlarini qondirishga, millatlararo aloqalarni takomillashtirishga hissa qo’shib kelayotganligini ta’kidladi. 

Ushbu tashkilot hozirgi kunda milliy madaniy markazlarga (140 dan ortiq madaniy markaz mavjud, ulardan 14 tasi respublika darajasidagi maqomga ega) tashkiliy va uslubiy yordam berayotganligi va ularning faoliayatini muvofiqlashtirayotganligi tadbir mehmonlari tomonidan ham aytib o‘tildi. Ular bilan hamkorlikda har yili 700 dan ortiq tadbirlar – festival, seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Ushbu say-harakatlar natijasi O‘zbekiston  madaniyatida millatlararo totuvlik mavjudligini anglatadi.   

Bugungi kunda O‘zbekiston da madaniy bag’rikenlik, xususan millatlararo va dinlararo totuvlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatini asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi. Bu 130 dan ortiq millat va xalqlar, shunigdek 16 ta diniy konfessiya vakillari respublikada yashashi bilan izohlanadi. Ularning barchasi tinchlik, totuvlik va o’zaro bir-biriga hurmat asosida yashaydi.

So‘zga chiqqanlar, maktablarda ta’lim 7 tilda olib borilishini mamlaktizning o‘ziga xos noyobligi deya ta’kidladilar. Bu boshqa millatlarning tili, madaniyati, an’ana va odati qadrlanishidan guvohlik beradi. Bu O‘zbekiston da turli millatlarning tinch totuv yashashiga omil bo‘lgan dalildir. Globalizatsiya jarayonida jahon hamjamiyatining kun tartibidagi asosiy muammolaridan biri dinlararo va millatlararo  qarama-qarshilikni hal etishdir.

Bugungi tadbir talabalarga – bo‘lg‘usi diplomatlarga o‘zlarining bilimlarini oshirishga, ushbu sohani muhim omillarini muhokama qilishga va jamiyatda sog‘lom, o‘zaro hurmat munosabatlarni saqlab qolish uchun mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot olishga ko‘mak berdi.