14.06.2019 2413

Shu yilning 14-iyun kuni JIDUda “Rossotrudnichestvo” tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulika bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni JIDU xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori S.S. Saidqosimov ochib berdi. U o‘zining qutlov nutqida rus tilini o‘qitish jarayonida hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi. U bo‘lajak xalqaro soha mutaxassislarini tayyorlashda tillar ta’limining muhimligiga e’tibor qaratdi.

Uchrashuv chog‘ida janob Shulika Universitetimiz bilan hamkorlikning istiqbollari haqida so‘zladi va JIDUga sovg‘a sifatida turli adabiyotlar: darsliklar, ma’lumotnomalar, qo‘llanmalar, Rossiya adabiyoti, madaniyati, san’ati va tarixiga oid kitoblar taqdim qildi.

O‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti G.M. Rahmatullayeva rus tilini o ‘rgatish borasida olib borilayotgan ishlar, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida badiiy asarlardan foydalanilayotgani tog‘risida gapirib berdi.

Rus tilini o‘rganayotgan o‘zbekzabon talabalar sa’y-harakatlari bilan badiiy dastur tayyorlandi, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikka oid mavzuda taqdimotlar namoyishi, shuningdek, she’rlar va ruscha qo‘shiqlar tadbirga bayramona ruh berdi.

Shundan so‘ng V.N. Shulika bilan talabalar o‘rtasida savol-javob bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni JIDU birinchi prorektori M.T. Bakoyev o‘z chiqishi bilan yakunlab, qimmatli hadya uchun tashakkur izhor qildi va bu borada kelgusidagi hamkorlikka umid bildirdi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.