08.06.2019 647

Surayyo Usmanova mazkur Universitetning Markaziy Osiyo dasturi doirasida tashkil etilgan “O’zbekistondan yangi ovozlar” Fellowship tadqiqot granti asosida tahsil oldi hamda tadqiqot natijalarini Vashington DC ilmiy doirasida muhokamadan o’tkazdi. Shuningdek, mazkur dastur ishtirokchilari turli yo’nalishlardagi o’quv kurslarida tahsil olishdi hamda Vashington DCda joylashgan xalqaro tashkilotlar (Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon Banki), O’zbekiston Respublikasining AQSHdagi elchixonasi, AQSH hukumati idoralari (Davlat Departamenti, USAID, CSIS) va turli ta’lim muassasalari (Jorjtovn Universiteti, Milliy Mudofaa Universiteti) vakillari bilan rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishdi. Dastur yakuniy namoyishidan so’ngishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi. Tadqiqot natijalari Elliot maktabining Markaziy Osiyo dasturi ilmiy to’plamida chop etilishi kutilmoqda.