21.04.2016    11:30    16523

Talabalarda tahliliy fikrlashni kuchaytirish, amaliyot va nazariy bilimlarning uyg’unligini ta'minlash hamda yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan samarali foydalanish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida 2016 yilning 20 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalariga “Fuqarolik huquqi” fani doirasida “Intellektual mulk huquqi” mavzusida “Legalmax” advokatlik firmasining hamkor boshqaruvchisi Mahmudov Muhammadali Maqsutovich ishtirokida ochiq ma'ruza tashkil etildi.

Ma'ruza davomida O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk huquqiga oid qonunchilikning amaliyotda qo'llanilishiga oid mulohazalar yuritildi. Amaliyotdan keltirilgan bir qator hayotiy misollar talabalarning bu boradagi bilimlari va ko'nikmalarini boyitishga yordam berdi.

Suhbat yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan amaliyotga oid savollari bilan murojaat qildilar hamda shu asosda o'zlarining fikr va mulohazalarini ham bildirdilar.

Amaliyotdan keltirilgan misollarga boy “Intellektual mulk huquqi” mavzusidagi oid ochiq ma'ruza talabalarda katta taassurot qoldirdi.