21.04.2016    14:10    16849

2016 yilning 13-20 aprel kunlari «ErasmusQ Key Action 1 International Credit Mobility» loyihasi doirasida Lund universiteti (Shvetsiya) vakillari: Xakan Xeyden (Hakan Hyden), - huquq sotsiologiyasi professori, Patrik Olsson (Patrik Olsson) – huquq sotsiologiyasi katta o'qituvchisi, Rustamjon Urinboev (Rustamjon Urinboyev) – huquq sotsiologiyasi doktorant-tadqiqotchisi tashrif buyurdilar.

JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirokida Shvetsiyalik olimlar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Universitetimiz mehmonlari dunyo amaliyotida huquq sotsiologiyasi sohasining yetuk mutaxassislari bo'lganligi tufayli universitet talabalari huquq sotsiologiyasining zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari borasidagi bilimlarini oshirishga sazovor bo'ldilar. Ushbu ma'ruza va tanlangan mavzu talabalarda katta qiziqish uyg’otdi va talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Universitetlar o'rtasida o'rnatilgan rasmiy aloqalar va akademik hamkorlik munosabati bilan,  mehmonlar kelgusidagi hamkorlikni davom ettirish istagida ekanliklarini va bundan mamnunliklarini bildirdilar.