16.04.2016    17:23    16863

2016 yil 15 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Akademik litseyda “Siz huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda o'qituvchi D.Payzieva O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari bilan bog’liq moddalarning mohiyati va ahamiyati to'g’risidagi fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, davra suhbatida o'qituvchi F.Hamdamovaning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan fuqarolarning asosiy majburiyatlari mazmuni va fuqarolik mas'uliyati to'g'risidagi mulohazalari doirasida ishtirokchilar hamkorligida savol-javob tarzida qizgin davom etdi.

Ma'ruzalardan so'ng o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Davra suhbatidan so'ng, Akademik litsey o'quvchilari ishtirokida bo'lib o'tgan “Siz huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusidagi insho tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda litsey o'quvchilari Shahlo Xidoyatova, Maftuna Botirova va Islom Egamberdievlar maqtov yorlig’i va mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

Davra suhbati juda qiziqarli va mazmunli o'tdi hamda o'quvchilarning Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari, fuqarolarning majburiiyatlari to'g’risidagi bilimlarining boyishiga katta yordam berdi.