23.04.2016    11:04    16507

22 aprel kuni Toshkent davlat agrar universitetida Respublika Oliy ta'lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivali saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Bu uchrashuvda Soliq akademiyasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Diplomat” talabalar teatr studiyalari ishtirok etdi.

O'tkazilgan tanlov O'zbekistonda “Yoshlarga oid davlat siyosati”ni amalga oshirish chora-tadbirlarini hayotga tadbiq etish, oliy o'quv yurtlarida yoshlarga yaratilgan sharoitlardan keng foydalanish, ularning iqtidori va intellektual-madaniy salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan.

Bizning “Diplomat” teatr studiyamizning “Zo'raki tabib” badiyasi “Eng yaxshi spektakl” deb topildi va jamoamiz keyingi hududiy bosqichga yo'llanma oldi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti talabasi Abdurazzakov Jamoliddin ijrosidagi Sotimqul roli “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida belgilandi.

Jamoamizga keyingi bosqichlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz!